Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin yetakchisi Mahmud Abbosning Isroilning sobiq prezidenti, marhum Shimon Peres dafn marosimida ishtirok etish bo‘yicha kiritgan so‘rovini qanoatlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Abbosning sobiq prezident Shimon Peres dafn marosimida ishtirok etish bo‘yicha so‘rovi Netanyaxu tomonidan qanoatlantirildi”, — ma’lum qildi Haaretz nashri.

Ilgariroq Abbos bu boradagi so‘rovni Isroil hukumatining Falastin hududidagi xatti-harakatlari koordinatori general-mayor Yoav Mordexayga yo‘llagani ma’lum qilingan edi.

Abbosga Falastin kontrrazvedkasi rahbari Majid Faraj, Falastinni ozod qilish tashkiloti bosh kotibi Sohib Erekat hamda Falastin ma’muriyatining fuqarolik ishlari bo‘yicha vaziri Husayn al-Shayx hamrohlik qilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi