“Jizzax” maxsus industrial zonasi (MIZ)da faoliyat ko‘rsatayotgan “Ekoklimat” kompaniyasi negizida issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali materiallar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Loyiha qiymati 7 million dollar bo‘lgan bu korxona yiliga 10 ming tonna yoki 24 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallangan.
O‘zAning qayd etishicha, korxonada yaratilgan 100 yangi ish o‘rnining aksariyatini kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislar band etgan.
Ma’lumot uchun, 2013-yilda “Jizzax” MIZ tashkil etilganidan buyon hududda umumiy qiymati 44,1 million dollar bo‘lgan 13 korxona foydalanishga topshirildi.
Izoh (0)