Hindiston shimoli-g‘arbidagi Panjob shtati hukumati Pokiston bilan chegara hududlarda istiqomat qiluvchi aholini ko‘chirish ishlari boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda, IANS agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hindiston armiyasi Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududda maxsus operatsiya boshlagani haqidagi xabarlar evakuatsiya sababi sifatida ko‘rsatilmoqda.
Aytilishicha, ayni paytda ma’muriyat vakillari qishloqlarda aylanib, odamlarga xavfsiz joyga ko‘chish zarurligini e’lon qilmoqda.
Izoh (0)