Eronda ro‘y bergan YTHda 14 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda, Fars agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Seiston va Bilujiston viloyatida sodir bo‘ldi. Sarovon va Xash shaharlari o‘rtasidagi trassada ikkita Toyota rusumli avtomobil to‘qnashib ketdi.
Politsiya qurbonlarning bari Afg‘oniston vakillari ekanligini aniqladi. Ular Eronda norasmiy bo‘lib turgan edi.
Izoh (0)