O‘zbekistonlik dasturchi Zaynutdinov Ismoil iStudent dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda Respublika Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu mobil dastur talabalarga dars jadvalini smartfon va planshetlar orqali elektron tarzda ko‘rishga imkon berish bilan ularning vaqtini tejaydi va qog‘oz sarfini kamaytiradi. iStudent dasturi ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan. Dastur oliy o‘quv yurtining barcha e’lon, reklama va shunga o‘xshash boshqa yangiliklardan xabardor qilishni, oliy o‘quv yurtida bo‘lib o‘tgan bayramlar, konferensiyalar va shunga o‘xshash tadbirlarni video va foto lavhalarini ko‘rishni, fanlarning ma’ruza matnlari, kerakli va qiziqarli kitoblar va shunga o‘xshash ma’lumotlarning elektron yuklab olish va foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Muallifga ushbu dastur uchun № DGU 03846 raqamli guvohnoma berildi.
Izoh (0)