Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat hukumati Janubiy Kurildagi bahsli to‘rtta orolni Yaponiya ixtiyoriga qaytarib olish bo‘yicha Rossiya bilan olib borilayotgan muzokaralarda olg‘a siljishga erishishga harakat qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Biz keng ko‘lamda, jumladan, iqtisodiy sohadagi munosabatlarni rivojlantirish, to‘rtta orolni qaytarish masalasini hal etish va tinchlik bitimini tuzish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni astoydil olib borish haqida o‘ylayapmiz”, — dedi Abe.
Abe dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kutilayotgan uchrashuvda ushbu masalalarni “sokin vaziyatda” muhokama qilish va tinchlik bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarda yuksalishga erishish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)