Yaman armiyasi “Al-Qoida”ning mahalliy yacheykasi boshlig‘i Abdulla Xubeybatni mamlakat janubidagi Abyan provinsiyasida yo‘q qildi, deb yozadi “TASS” “Al-Arabiya” telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jangari Yaman xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan aksilterrorchilik reydi chog‘ida yo‘q qilingan. Xubeybatning uyiga uyushtirilgan shiddatli hujumda uning soqchilaridan biri yaralandi, ikkinchisi hibsga olindi.
Terrorchilar bilan otishmada yamanlik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi.
Izoh (0)