Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yer aholisining o‘n nafardan to‘qqiztasi o‘ta ifloslangan havoga ega hududlarda yashashini ko‘rsatuvchi tadqiqot natijalarini chop etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
JSST ushbu sohadagi favqulodda vaziyat haqida ogohlantirdi.
“Havoning ifloslanishi iqtisodiyotdagi vaziyat va odamlar yashash sifatiga tahdid qiluvchi kuch bilan o‘sishda davom etmoqda. Bu sog‘liqni saqlash uchun favqulodda vaziyatdir”, — deyiladi JSST hisobotida.
Tashkilot jahonning havo tozaligi hisob-kitobiga asoslangan maxsus interaktiv xaritasini tuzdi.
Havo tarkibidagi zararli zarrachalarning JSST me’yorlariga mos kelmasligi nafaqat Xitoy va Hindiston, balki Yevropaning ko‘plab mamlakatlari hamda Rossiyaning Yevropa qismida ham qayd etilgan.
Izoh (0)