2011-yilgi mavsumdan buyon “Valensiya” sharafini himoya qilib kelayotgan darvozabon Diyego Alves La Liga 6-turida penalti qaytarib, bu borada Ispaniya tarixidagi eng yaxshi posbonga aylanib oldi.
2:1 hisobidagi “Valensiya”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan “Leganes”ga qarshi uchrashuvda Alves faoliyati davomidagi 17-penaltini qaytardi. Shu vaqtga qadar u qo‘riqlayotgan darvozalarga 35 bor 11 metrlik jarima zarbasi tayin qilingan bo‘lib, posbon shularning 49 foizida jamoasini goldan qutqarib qolgan.
1985-yil Rio-de-Janeyroda tavallud topgan Diyego Alves “Valensiya”ga qadar “Atletiko Minyero”, “Almeriya” kabi klublarda to‘p surgan.
Izoh (0)