Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston hukumati bilan Polsha hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risidagi bitim 2016-yilning 26-sentabridan kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, ushbu hujjat 2015-yilning 10-sentabr kuni Varshava shahrida imzolangan edi.

Foto: flickr

Foto: flickr

Mazkur xalqaro shartnomada O‘zbekiston va Polsha diplomatik pasport egalarining kirish, chiqish, tranzit va har 180 kun davomida 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ikkinchi davlat hududida bo‘lishlari uchun vizasiz rejimga amal qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston yoki Polsha diplomatik pasport egalari, diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassalarda ishga tayinlansa, akkreditatsiya muddati davomida viza rasmiylashtirmasdan qabul qiluvchi davlatga kirishi, chiqishi va uning hududida bo‘lishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov