AQSh prezidenti Barak Obama Oq uy hovlisidagi birinchi rok-festival — South By South Lawn’da chiqish qiladigan qo‘shiqchilarning ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda NME nashri ma’lum qildi.
Tadbirda The Lumineers, Sharon Jones And The Dap Kings guruhlari, shuningdek, dijey Beverly Bond ishtirok etadi. To‘liq ro‘yxat keyinroq e’lon qilinadi.
Festivalda, shuningdek, ekologiya haqidagi “Toshqin oldidan” hujjatli filmining premyeraoldi namoyishi bo‘lib o‘tadi. Film rejissori — Leonardo Di Kaprio.
Mazkur kartina uchun musiqani Mogwai shotland guruhi va Amerikaning Nine Inch Nails jamoasi yetakchisi Trent Reznor yozgan.
Bu Amerika prezidenti qarorgohi hududidagi birinchi musiqiy festival bo‘lib, tadbir 3-oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)