Fransiyaning “Nitssa” futbol klubi prezidenti Jan-Pyer Rivyerning ma’lum qilishicha, agent Mino Rayola uni o‘z mijozi Mario Balotellini xarid qilishdan qaytarishga uringan. Italiyalik hujumchining agenti Rivyerga mijozining barcha salbiy tomonlari haqida aytib bergan, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Mino juda aqlli. Balotteli bilan uchrashuv oldidan uning samolyoti kechikayotgan edi va Rayola menga Marioni sotib olmaslik sabablari haqida so‘zlab berdi. Balotelli yetib kelganida Rayola unga: ‘Prezidentga sen haqingda bilgan hamma yomon narsalarimni yetkazdim’ degandi”, — dedi Rivyer.
Ma’lumot uchun, Mario Balotelli shu yilning yozida erkin agent maqomida “Nitssa” safiga qo‘shilgan edi. Fransiya chempionatida italiyalik futbolchi 2 o‘yinda 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)