21–25-sentabr kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston–Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida ikki davlat hukumat delegatsiyalari darajasidagi O‘zbekiston–Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasing navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)