Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Noma’lum xaker Kembridj gersoginyasi Keyt Middltonning singlisi — Pippa Middltonning iCloud’dagi akkauntini buzib kirib, u yerdan o‘g‘irlangan 3 mingga yaqin fotosuratni internetga sotuvga qo‘ydi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Pippa Middlton. Foto: EPA

Pippa Middlton. Foto: EPA

O‘g‘irlangan suratlarni qonunbuzar 50 ming funt sterlingga (65 ming dollar) sotib olishni rejalashtirmoqda.

Noma’lum xaker Britaniyaning yetakchi nashrlari bilan bog‘lanib, suratlarni aynan ularga taklif qildi. Bular orasida qirollik oilasining shaxsiy hayotini keng yoritib borishga intiladigan tabloidlar ham bor.

Jamlanmada Keyt Middlton, shuningdek, Britaniya taxtining valiahdi shahzoda Jorj hamda malika Sharlottaning fotosuratlari borligi aytilmoqda.

Suratlar Pippaning smartfoniga tushirilgani bois ularda ko‘plab marosim, ziyofat va oilaviy tadbirlar aks etgan, deb xabar beradi gazeta.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi