Rossiyaning “Roselektronika” xoldingi iPhone’ning 130 dollarlik muqobilini chiqarishga tayyorlamoqda. Bu haqda 22-sentabr, payshanba kuni xolding bosh direktori Igor Kozlov jurnalistlarga so‘zlab berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Biz hamyonbop Rossiya smartfonini ishlab chiqmoqdamiz. 2018-yilda o‘zimizda ishlab chiqarilgan iPhone paydo bo‘ladi, uning peshtaxtalardagi qiymati 130 dollarni tashkil etadi”, — dedi Kozlov.
Ma’lumot uchun, taqdimoti sentabr boshida bo‘lib o‘tgan iPhone 7 smartfonining chakana narxi 649 dollardan boshlanadi. Biroq tahlilchilar qurilmaning tannarxi 223,8 dollarga teng ekanini hisoblab chiqdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)