Myunxenning “Bavariya” klubi Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turini “Atletiko”ga qarshi Madrid shahrida o‘tkazadi. Uchrashuv 28-sentabr sanasidan joy olgan.
Mazkur bellashuvga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Bavariya” klubi Madridga dushanba kuni yetib keladi. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining avvalgi klubi bo‘lgan “Real” rahbariyatidan Valdebebasda joylashgan stadionlaridan birini berib turishni so‘radi va ijobiy javob oldi, deb yozdi “Championat.asia”.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi mavsumida “Atletiko” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun “Bavariya”ni taslim qilgan, hal qiluvchi o‘yinda esa “Real”dan yengilgandi.
Madrid klublarining La Liga doirasidan o‘rin olgan derbi uchrashuvi 20-noyabr kuni “Visente Kalderon” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)