Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Kuba poytaxti Gavana shahridan Tokioga qaytish vaqtida texnik nosozlik tufayli samolyotini almashtirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda, Kyodo agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Yaponiya hukumati rahbarining samolyotida muammo AQShning San-Fransisko shahrida, havo kemasi u yerga yoqilg‘i quyish uchun qo‘nganida yuzaga keldi. Laynerda aynan qanday nosozliklar yuzaga kelganiga aniqlik kiritilmagan.
Bosh vazir boshchiligidagi delegatsiya hukumat rahbarining samolyoti bilan doimo chet el safarlariga chiqadigan zaxira layneriga o‘tkazildi.
BMTning Bosh Assambleyasida ishtirok etgan Abe 18-sentabrdan buyon Nyu-Yorkda bo‘lib turgan edi. Shundan so‘ng u Kubaga tashrif buyurdi. Bu Yaponiya hukumati rahbarining ushbu mamlakatga tarixdagi birinchi rasmiy safari bo‘ldi.
Izoh (0)