Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Vashington shtatidagi Berlington shahrida joylashgan savdo markazida ro‘y bergan otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Ilgariroq to‘rt qurbon haqida ma’lum qilingan edi.

Halok bo‘lganlarning to‘rt nafari ayol, bir nafari erkakdir.

“Biz jinoyatchini hali ham qidirmoqdamiz. Ko‘chaga chiqmanglar, xavfsizlikda qoling”, — dedi shtat politsiyasi vakili serjant Mark Frensis matbuot anjumani chog‘ida.

Jinoyatchi taxminan Lotin Amerikasi vakili ekanligi va ov miltig‘i bilan qurollangani aytilmoqda. Tergovda politsiyaga FQBning mahalliy bo‘linmasi yordam bermoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gaagada Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi yuzasidan tarixiy sud bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida 5 yoshli bola kanalda oqib ketdi
Sport
“Yuventus” Superliga loyihasidan chiqishini e’lon qildi. Klubga UEFA bosim qilgani aytilmoqda