Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriyadagi aviazarbalar chog‘ida IShID terrorchi guruhining 40 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Kecha, 22-sentabr kuni Turkiyaning Suriya chegarasi yaqinidagi Kilis shahriga raketa kelib tushdi. Buning oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgani va yaralangani bildirildi.
Turkiya harbiylari shu hujumga javoban o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida IShIDning o‘nlab jangarilarini yo‘q qildi. Javob hujumlari kecha boshlangan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)