Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Belarus fuqarosi deraza romlarini o‘rnatish kompaniyasiga ishga joylashib, birinchi ish kunida ofisdagi barcha noutbuklarni o‘g‘irlab ketdi va voqea joyidan yashirindi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Belaruslik 29 yoshli erkak 20-sentabr kuni ishga kirgan. Ertasi kuni u ishga kelgan, ammo uch soatdan ofisdagi sakkizta noutbukni katta sumkaga joylagan va qochib ketgan.
Kompaniya xodimlari politsiyaga murojaat qilgan. Xabarda qayd etilishicha, IIV xodimlari voqea joyidan gumonlanuvchining barmoq izlarini olgan.
Izoh (0)