Turkiyaning Suriya chegarasida joylashtirilgan artilleriyasi IShID terrorchi guruhining olov nuqtalarini nishonga olmoqda. Bu Kilisga raketa tashlanganiga javoban ko‘rilayotgan choradir, deb xabar beradi “TASS”.
Mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi tarqatgan bayonotga ko‘ra, mintaqada o‘rnatilgan radarlar raketa qayerdan uchirilganini ko‘rsatgan. Shu yo‘l bilan aniqlangan IShID olov nuqtalari o‘qqa tutilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)