Saudiya Arabistonining Jidda shahrida qirol Abdul Aziz nomidagi aeroport xodimlari yetib kelgan samolyotlardan birining bortidan o‘lgan erkakning jasadini topib oldi, deya xabar bermoqda “TASS” aeroport matbuot xizmatiga tayanib.
“21-sentabr, chorshanba kuni 12:00 (Toshkent vaqti bilan 14:00)da Flynas aviakompaniyasining 7207 raqamli reysi Nigeriyaga ziyoratchilarni yetkazib qo‘yib, qaytib kelgach, maxsus xizmatlar samolyotni keyingi parvozga tayyorlash doirasida standart tekshiruv o‘tkazdi. Natijada shassi bo‘lmasida qora tanli erkakning jasadi topildi”, — deyiladi xabarda.
Aeroportdagilar mas’ul xizmatlarning barchasi voqeadan xabardor qilinganini aytdi.
Izoh (0)