Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ruminiya korrupsiyaga qarshi kurash milliy boshqarmasi (DNA) prokurorlari notarius Ioana Beseskuga qarshi ish qo‘zg‘atdi. U mamlakat sobiq prezidenti Trayan Beseskuning katta qizidir, deb ma’lum qiladi “TASS”.

Foto: “Point.md”

Foto: “Point.md”

Ioana xizmat mansabini suiiste’mol qilgan holda pul yuvishda ayblanmoqda. DNA aybloviga ko‘ra, u otasining 2009-yildagi saylovoldi kompaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda ishtirok etgan.

Mazkur ish bo‘yicha yana besh kishi javobgarlikka tortilishi mumkin. Ular orasida sobiq mintaqaviy rivojlanish va turizm vaziri, ayni paytda deputat sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Yelena Udrya bor. U ko‘pdan buyon korrupsiya bilan bog‘liq boshqa ishlar yuzasidan gumondor sifatida ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi