Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston termasi safida 3 karra Olimpiada chempioni hisoblangan Artur Taymazov Rossiya parlamenti quyi palatasi (Davlat Dumasi) deputatligiga o‘tkazilgan saylovlarda katta tafovut bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda “Alaniya Inform” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
Shimoliy Osetiya Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Artur Taymazov 281 186 ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni egallagan Gariya Kuchiyevaga 19 623 kishi ovoz bergan.
Ma’lumot uchun, 4 karra Olimpiada ishtirokchisi Artur Taymazov 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004, 2008 va 2012-yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.
Sportchi Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010-yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1 marta bronza medali nasib qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)