Eronning Mozandaron viloyati tibbiyot xizmatiga tegishli vertolyoti quladi, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Eron televidiniyesiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, aviahalokatga qum bo‘roni sabab bo‘lgan. Ko‘rish cheklangan sharoitda uchuvchi vaqtincha qo‘nishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan, ammo qo‘nishga urinish jarayonida elektr tarmog‘i ustuniga urilgan. Vertolyot qulayotganda jiddiy shikastlangan.
Halokatga uchragan vertolyot 21-sentabr kuni ertalab Amol shahridan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlanganlarga yordam berish uchun Gazang aholi yashash punktiga yo‘l olgan edi.
Havo kemasi bortida 4 kishi bo‘lgan. Tibbiy yordam guruhi a’zolaridan biri halok bo‘ldi, yana biri og‘ir ahvolda qolmoqda. Uchuvchi va yana bir tibbiy xizmat xodimi jarohatlangan.
Izoh (0)