Rossiyalik tay bokschi va model Anastasiya Yankova o‘zi bilan hamkorlik qiladigan Bellator tashkil qilgan jangda amerikalik Veta Arteagani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu modelning aralash janglar san’atidagi ikkinchi jangidagi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi, deb yozdi Eurosport. Shu yilning 17 aprelida Yankova Turinga tashrif buyurib, boshqa bir amerikalik sportchi Anjela Pinkni mag‘lub etgandi.
Jangdan keyin model o‘z suratini Instagram sahifasiga joylashtirib, unga “Bu MMA, bolakay”, — deb izoh qoldirdi va 2 kunda 30 mingdan ziyod layk to‘pladi.
Anastasiya Yankova 1991-yilning 1-martida Moskvada dunyoga kelgan. U tay boks bo‘yicha Rossiya chempioni bo‘lib, sport ustaligiga nomzod sanaladi.