Nyu-York shahri politsiyasi Manxetten osmonida qonunga zid ravishda uchuvchisiz uchar qurilmani boshqargan erkakni hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchuvchisiz uchar qurilma 19-sentabr, dushanba kuni Yettinchi avenyu va 45-ko‘cha kesishmasida qulab tushdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
22 yoshli Gonsalo Medinaga nisbatan uchuvchisiz uchar qurilmadan qonunga zid ravishda foydalanish va uni xavfli ko‘rinishda boshqarish ayblovi ilgari surilgan.
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi o‘tkazilayotgani munosabati bilan qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatda uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanuvchi operatorlar soni 550 mingdan oshgan, 2020-yilga borib mazkur ko‘rsatkich 1,3 millionga yetishi kutilmoqda.
Izoh (0)