Xitoy g‘arbidagi Sinxay viloyatida joylashgan sement zavodida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xaber bermoqda.
“Sinxua” agentligi xabariga ko‘ra, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda. Portlash Salt Lake Haina Chemical Company kimyo zavodining changni to‘plash qurilmasida sodir bo‘lgan.
Hodisa yuz bergan vaqtda 26 kishi ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan. Ulardan ikki nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari shifoxonada vafot etgan.
Portlash sabablari noma’lum, hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)