Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 8-sentabrdagi qarori bilan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahri ko‘chalarni yoritish tizimida samarali energiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasi amalga oshirilishi jadallashtirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda

Foto: Livejournal

Foto: Livejournal

Qarorda Toshkentda ko‘chalarni yoritish uchun elektr energiyasi qo‘llanishini amaldagi iste’molning 70 foizigacha qo‘shimcha kamaytirish bo‘yicha loyiha texnik-iqtisodiy shartlari va Islom taraqqiyot bankiga mablag‘larni qaytarish jadvali tasdiqlandi.

Toshkent shahar hokimligi va “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasiga loyihani amalga oshirish jadvalini hukumatga taqdim etish va ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni tizimli monitoring qilish topshirildi. 

Toshkent ko‘chalarini yorituvchi elektr tarmoqlari eski qurilmalarni samarali energiya texnologiyalariga almashirish yo‘li bilan modernizatsiya qilishga qaratilgan mazkur loyiha uchun 15 yil muddatga 36 million dollar ajratilgan.

Uch yilga mo‘ljallangan loyihaning amalga oshirilishi shu yil yakuniga yetishi ko‘zda tutilgan. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi