Suriya qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligi o‘t ochishni to‘xtatish tartibi amal qiladigan muddat tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Sulh tartibi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun real imkoniyat taqdim etadi deb o‘ylagan edik, ammo terrorchilar otryadlari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning birorta punktiga ham rioya etmadi, ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar soni 300 dan oshdi”, — deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Aytilishicha, Suriya armiyasi tartibga amal qilinishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi va terrorchi guruhlarning qoidabuzarliklariga qarshi turishda “yuqori matonat” ko‘rsatdi.
Qo‘mondonlikning fikricha, terrorchilar tinchlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlash va hujumlarni davom ettirish maqsadida qurol-yarog‘ to‘plashda foydalandi.
Sulh tartibi 12-sentabr kuni amalga kirgan edi.
Izoh (0)