O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab e’lon qilingan “Vatanni madh etish baxti” mavzuidagi eng yaxshi asarlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zA axborotida aynan qaysi asarlar g‘olib deb topilganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, 2016-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ming bir ibratli hayot” kitobi, 66 nafar yosh shoir asarlari jamlangan “Biz istiqlol farzandlarimiz” nomli yoshlar bayozi nashrdan chiqarildi.
“Birinchi kitobim” loyihasi bo‘yicha 11 nafar yosh ijodkorning ilk to‘plami, iste’dodli yosh tarjimonlarning “Bahor bulbullarining chah-chahi” ilk bayozi chop etildi. “Bu kitobdan 15 nafar yosh tarjimonning o‘nta xorijiy tildan o‘zbek tiliga qilgan tarjimalari o‘rin olgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.
O‘zbekistonda adabiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘zbek yozuvchilarining hayoti va ijodidan kengroq xabardor qilish maqsadida “O‘zbek adiblari” kitobi tayyorlanib, nashrga topshirildi. “Ko‘zim qarog‘isan, Vatan” nomli badiiy-publitsistik asarlar to‘plami, “Qudratli yurt farzandisan” nomli she’rlar kitobi, “Zalvorli qadamlar” publitsistik maqolalar to‘plami, “Sarchashma mavjlari” adabiyotshunoslikka oid maqolalar to‘plami nashrga tayyorlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)