Malayziyalik erkak Singapurning xalqaro aeroportida uch hafta davomida yashadi. Bu haqda Stuff xabar bermoqda.
21-avgust kuni 33 yoshli Reyjali Buntut Kuala-Lumpurga ketayotgan reysni o‘tkazib yubordi va shundan so‘ng Changi aeroportida 18 kun qoldi. Erkak shu yerdagi o‘rindiqlarda uxladi, launj-zonada ovqatlandi va terminallardagi dushlardan foydalandi.
Straits Times’ning bildirishicha, biznesmen tranzit zonasida bo‘lgan paytida 31 ta yo‘lovchi talonini soxtalashtirdi. Shu tariqa, u uchta terminalning launj-zonalarida ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Launj-zonalardan birining xodimi Buntut bu yerga ko‘p tashrif buyurayotganini payqab, politsiyaga xabar qildi. Natijada erkak ikki haftaga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh (0)