Suriyada inson huquqlari buzilishini tekshirish bo‘yicha BMT komissiyasi 17-sentabr kuni AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan Suriya armiyasiga Dayr az-Zavr shahri yaqinida uyushtirilgan hujum shart-sharoitlarini o‘rganib chiqmaydi. Bu haqda komissiya raisi Paulu Serjiu Pineyru Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Agentlik muxbirining bu boradagi savoliga javob berarkan, braziliyalik yurist 60 harbiyning hayotini olib ketgan mazkur hodisa maxsus tekshiruvga sabab bo‘lmasligini bildirdi.
“O‘ylaymanki, ikkala sherik ham — Rossiya va AQSh — bu voqeani ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi”, — qo‘shimcha qildi Pineyru.
Izoh (0)