Yaponiyaning Adventure World hayvonot bog‘ida katta panda bolasi dunyoga keldi. Shu tariqa 2014-yildan beri hayvonot bog‘ida 15 ta panda tug‘ildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“Chaqaloq”ning bo‘yi 24 santimetr, og‘irligi 197 gramm ekanligi va onasi — 16 yoshli Rauxin kabi o‘zini yaxshi his etayotgani ma’lum qilinmoqda. U Rauxinning hisob bo‘yicha sakkizinchi bolasi.
EFE agentligiga ko‘ra, Vakayama prefekturasidagi hayvonot bog‘i aynan yo‘qolish xavfi ostidagi pandalarni tutqunlikda ko‘paytirish dasturi bilan tanilgan. Dastur Xitoy rasmiylari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)