Kanadada Lotto Max milliy lotereyasining 60 million mahalliy dollar (45,4 million AQSh dollari) miqdoridagi jekpoti o‘ynaldi. Bu haqda shu kabi o‘nlab o‘yinlar tashkilotchisi bo‘lgan Atlantic Lottery assotsiatsiyasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hozirda jekpot chiqqan ikki chipta ham Ontario provinsiyasida sotilgani ma’lum. Shu tariqa, g‘oliblar asosiy yutuqni bo‘lishib oladi.
Bundan tashqari, yana besh kishi 1 million dollardan (750 ming AQSh dollari) yutib oldi. Bu chiptalar Ontario, Kvebek va mamlakatning boshqa provinsiyalarida sotilgan.
Izoh (0)