O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda, Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Suhbatda Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevni tug‘ilgan kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbolini ham muhokama qildi.
Izoh (0)