Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev internetda suratlari keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan bolakayni topishni hukumatga topshirdi. Bu haqda KNews xabar bermoqda.
Suratda mitti bola konteyner ostida uxlayotgani aks etgan. Surat O‘shdagi Qorasuv bozorida tushirilgani taxmin qilinmoqda.
Prezident devoni rahbari Farid Niyozov ushbu topshiriqni bosh vazir o‘rinbosari Gulmira Qudayberdiyeva va hukumatning O‘sh viloyatidagi siyosiy vakili Taalaybek Saribashevga yetkazdi.
“Hukumat bolani topib, unga g‘amxo‘rlik qiladi. Shu bilan birga, davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mamlakat bozorlaridagi bolalar bilan bog‘liq vaziyatni qaytadan va chuqur tahlil qilib chiqish kerak”, — deyiladi hukumat xabarnomasida.
Izoh (0)