AQShda kichik Jorj Bush prezidentligi davrida 2001—2005-yillarda tashqi siyosat idorasini boshqargan sobiq davlat kotibi Kolin Pauell Isroil 200 jangovar kallakdan iborat arsenalga ega deb hisoblaydi. Bu haqda Newsweek jurnali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Pauell, ehtimol, Isroil yadro arsenalini oshkor qilgan”, — deb yozadi jurnal uning xakerlar tomonidan buzilgan elektron pochtasidagi nomalaridan biriga asoslanib. “Eronliklar agar ularda yadro jangovar kallagi paydo bo‘lsa ham ulardan birortasini qo‘llay olmaydi, chunki Tehrondagi yigitlar Isroilda 200 ta, bizda esa minglab jangovar kallaklar borligini biladi”, — deb yozadi Paeull.
Nashr Isroil Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi bitimni imzolamaganligi va yadro quroliga ega ekanligini hech qachon tan olmaganligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)