Xitoyda “Meranti” to‘fonining yopirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Tabiiy ofat oqibatida 9 kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilinmoqda. Avvalroq to‘fon oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 kishini tashkil qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Xitoyga yopirilgan tabiiy ofat tufali 330 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. “Meranti” 1949-yildan buyon Xitoyga yopirilgan eng kuchli to‘fon sifatida qayd etildi.
Izoh (0)