Fransiyaning Dijon shahri markazidagi uyda portlash yuz berishi oqibatida bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda BFM TV ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Portlash mahalliy vaqt bo‘yicha 9:15 atrofida yuz berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash sodir bo‘lganda binoning bir qismi qulab tushgan, bir necha kishi jarohat olgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda, ular binodagi odamlarni evakuatsiya qilmoqda.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda, dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gazning portlashi sabab bo‘lgan.
Shahar meri Fransua Rebsamenning ta’kidlashicha, portlashning biror bir hujumga aloqasi yo‘q. Uning so‘zlariga qaraganda, portlash davomida bir nechta qo‘shni binolarga ham zarar yetgan.
Izoh (0)