FIFA 2006–2015-yillar davomiad 905 ijobiy doping namunalarini aniqladi. Bu haqda FIFA tibbiy departamenti rahbari Irji Jvorjak ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“FIFAdagi statistikaga ko‘ra, bu davrda tashkilot shafe’ligida musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilardan to‘qqiz yuzdan ortig‘idan ijobiy doping natijasi chiqqan”, — dedi u.
Shuningdek, u FIFAning dopingga qarshi tadbirlari budjeti 2018-yilda 1,5 million dollarni tashkil etishini ma’lum qildi.
Izoh (0)