Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yoshzi Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Aleksandr Svechnikov mamlakat delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni olib keldi.
“Sports.uz” nashrining ma’lum qilishicha, yengil atletikaning nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Svechnikov 65,69 metr natija bilan paralimpiya rekordini yangilagan holda to‘rt yillikning eng nufuzli turnirining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishda kumush medalni eronlik Sajad Nikparast qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bronza medali serbiyalik Nemanya Dimitriyevichga nasib qildi.
Izoh (0)