The Wall Street Journal nashri jurnalisti Joanna Stern Apple’ning yangi gadjetlarini suv ostida tekshirib ko‘rdi va sinov aks etgan videoni internetga joylashtirdi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Joanna iPhone 7 va Apple Watch Series 2 uskunalarining suv o‘tkazmaslik salohiyatini bevosita suv ostida tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Aniqlanishicha, bu uskunalar displeyi suv ostida deyarli ishlamay qoladi. Lekin ovozni boshqarish tugmasi yordamida surat olish mumkin.
Yangi iPhone 7 suv ostida bir soat turib ham, ishdan chiqmadi. IP67 standarti telefon 1 metr suv ostida yarim soatgacha bo‘lgan paytda korpus suv o‘tkazmasligini nazarda tutadi. “Aqlli” soatlar esa 50 metrgacha suv ostida ishlashni nazarda tutadigan IP68 standartga ega.
Izoh (0)