Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiy Diyego Simeone bilan shartnomani 2020-yilga qadar uzaytirgandi. Endi esa u 2018-yilga qadar qisqartirildi, deb xabar berdi “Chempionat”.
Buni Simeonening o‘zi klub rahbariyatidan so‘ragan. Shartnomada ko‘rsatilgan maosh esa oshirib berilgan.
Bu holatda argentinalik mutaxassis La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylandi. Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari ham bosh murabbiy uchun Simeonenikidan kamroq chiqim qiladi.
Mavsum boshida mutaxassis “Atletiko”ni tark etishni istagandi. Ammo shartnoma muddati tugamagani uchun klub Simeoneni jarimaga tortishi oldindan ma’lum edi. Murabbiy bilan muzokara olib borgan klublardan “PSJ” va “Inter” Diyegoning jarimasini to‘lashni istamagani uchun, u Madrid klubida qolishga va shartnomasini 2020-yilga qadar cho‘zishga qaror qilgandi.
Izoh (0)