14-sentabrdan avtopilot boshqaruvidagi ilk taksilar Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahri ko‘chalariga chiqdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Loyihani Uber kompaniyasi ishga tushirdi.
Ilgariroq Pittsburg aholisi o‘z ko‘chalarida bunday taksilarni ko‘rganini bildirgan va hatto ijtimoiy tarmoqlarga shunday taksilardan birining suratlarini joylashtirgan edi. Shunga qaramay, xizmat rasman endi ishga tushirildi, oldin esa bir nechta tajribaviy chiqish amalga oshirilgani bildirildi.
Birinchi paytlarda shaharda to‘rtta avtopilotli taksomotor ishlab turadi. Salonda ikki kishi — haydovchi va muhandis o‘tiradi. Ular elektronika murakkab vaziyatlarni eplay olmay qolganida boshqaruvni o‘z zimmasiga oladi.
Izoh (0)