Ukraina Premyer-ligasining 7-turida Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Vorskla” klubi o‘z maydonida “Volin” futbolchilarini qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi. 46-daqiqaga kelib maydonga tushirilgan o‘zbekistonlik futbolchi 74-daqiqada jarima zarbasidan gol kiritib, mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
“Championat.asia”ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Sanjar Tursunov mazkur golini 2-sentabr kuni vafot etgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.
Izoh (0)