Qozog‘iston prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyeva bosh vazir Karim Masimovning iste’fosidan so‘ng shakllantirilgan yangi hukumat tarkibiga kirmadi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Ilgarigi hukumatda Nazarboyeva bosh vazir o‘rinbosari lavozimida edi.
Shu bilan birga, eski hukumatning aksariyat a’zolari o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.
Eski bosh vazir — Karim Masimov Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qila boshladi.
Izoh (0)