Xitoyning hukmron kommunistik partiyasi Tyanszin shahri meri korrupsiyada gumon qilinayotganini, buning yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Partiya axloq-odob nazorati bo‘yicha markaziy komissiyasi o‘z bayonotida Xuan Singoga qo‘yilgan ayblar yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.
“U tartib-qoidani jiddiy tarzda buzganlikda gumon qilinmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Singo 2008-yildan beri Tyanszin meri lavozimida ishlaydi.
Izoh (0)