Oilaviy sayohat — doim xotirangizda uzoq vaqtga muhrlanib qoladigan yangi taassurotlar manbai. Ammo hamma ham uyga xos shinamlik va qulaylikdan voz kecha olmaydi. Rustic River studiyasi xodimlari esa ushbu muammoni yechishga intilib, istagan joyingizga olib bora oladigan uyni qurdi, deb yozadi AdMe.
Bu chodirga o‘xshagan kichik uy emas, balki besh kishilik oila bemalol yashashi mumkin bo‘lgan butun bir uydir.
Yog‘ochdan yasalgan devor va javonlar, qayerga bormang, sizga shinamlik va qulaylik hissini beradi.
Uyning ko‘p qismi yog‘ochdan qilinganiga qaramay, u ishonchli temir konstruksiyaga ham ega, u tashishlar vaqtida himoyani ta’minlaydi. Bu shuni bildiradiki, sayohat qilayotgan vaqtingizda sevimli piyolangiz javondan tushib ketmaydi.
Eng kichik modelning uzunligi 15 metr, kengligi 4 metrni tashkil qiladi, u ikki qavatli bo‘lib, bir nechta xonadan iborat, narxi esa — 30 ming dollar.
Izoh (0)