O‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi mundialni Panamaga qarshi mag‘lubiyat bilan boshladi — 1:3.
Ochilish o‘yiniga qadar “Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, Xose Mariya Mendes boshchilik qilayotgan O‘zbekiston termasining imkoniyatlari borasidagi savolni o‘rtaga tashlagandi.
Unga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan o‘quvchilarning 58 foizi O‘zbekiston termasining guruhdan chiqishini ko‘rsatgan bo‘lsa, 20 foizi eng kamida 1 ta g‘alabaga umid bog‘lagandi. Va faqatgina 9 foiz ishtirokchi barcha uchrashuvlar boy berilishini tahmin qilgan.
So‘rovnoma xuddi shu ko‘rinishda guruh bosqichi yakuniga qadar davom etadi.
[playbuzz-item playbuzz_url="https://www.playbuzz.com/muhrima10/futzal-bo-yicha-o-zbekiston-milliy-termasidan-jahon-chempionatida-qanday-natija-kutyapsiz"]
Izoh (0)